25/05/2026
Hurmatli Golden Fork mehmonlari ✨
Golden Fork restorani jamoasi barchangizni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi!
Bayram munosabati bilan restoranimiz 26 va 27-may — arafa hamda hayit kunlari dam olishini ma’lum qilamiz.
Biz 28-may sanasidan boshlab odatdagidek har kuni soat 11:00 dan tungi 23:00 gacha eshiklarimizni siz uchun qayta ochamiz va yana eng lazzatli taomlarimiz bilan xizmatingizda bo‘lamiz.
Bayramni oilangiz davrasida fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz hamda 28-maydan boshlab barchangizni restoranimizda intiqlik bilan kutib qolamiz!