03/01/2024
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlarimiz.
Bugun siz bilan yurakdan otilib chiqayotgan samimiy his-tuyg'ularimiz bilan bo’lishmoqchimiz. O'tgan kunlarimiz davomida biz birgalikda ko'plab voqealarni boshdan kechirdik….
Siz bilan kechgan har bir lahza va undagi har bir tabassummingiz biz uchun qanchalik qadrliligini bilsangiz edi... Sizsiz, bizning tariximiz shunchaki yo'q edi, siz bizning kuchimiz, ilhomimiz va harakatimiz manbaisiz. Safarimiz davomida siz bilan birga o’tkazgan har bir daqiqamiz biz uchun va siz aziz mehmonlarimiz uchun qadrli va manfaatli kechdi deb umid qilamiz.
“Moida by Azon” sifatida boshlangan safarimiz, vaqtincha yopilishlar va qayta tug'ilish bilan 'Maskan by Amir' sifatida davom etmoqda. Bu o'zgarishlar, albatta, bizning jamoamiz va siz aziz mehmonlarimiz uchun sinov va umidlar davri edi.
Turkiston Jadidchiligining otasi Mahmudxoja Behbudiy aytganlaridek: - Birlashingiz !!! Zero bir dasta tayoqni birga bog’lasangiz hechkim sindira olmaydi, agarda ularni ajratsangiz harkim sindira oladi- degan edilar… Aziz mehmonlarimiz, biz Maskan jamoasi
kelajakda ham siz bilan birga ko'plab esda qolarli onlarni, shuningdek, yuksak cho'qqilar va buyuk vodiylarni boshdan kechirishni orziqib kutamiz.
Sizga eng samimiy his-tuyg'ularimiz bilan, Sevimli va tarixiy maskan jamoasi.