26/02/2026
Ko‘hna Chig‘atoy restorani – qadimiy milliy ruh va zamonaviy servis uyg‘unlashgan maskan. Restoranimizda o‘zbek milliy taomlari, uyg‘ur taomlari hamda bolalar menyusi mavjud. Har bir taom oliy toifali oshpazlar tomonidan halol mahalliy go‘shtdan tayyorlanadi va chiroyli taqdimotda tortiladi.
Restoranimiz bir vaqtning o‘zida 300 nafargacha mehmonni qabul qila oladi va 10 ta shinam kabinkalar mavjud. Tug‘ilgan kun, banket, exson, iftorlik va saharlik dasturxonlari uchun eng qulay joy. Ichki interyer qadimiy milliy uslubda bo‘lib, mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.