08/01/2023
.
O‘zbek palovi- bu sharqona taomlarni xush ko‘ruvchilar va shirin ovqatlarni qadrlovchilar taomidir. Dunyoda 100 dan ortiq palov tayyorlash retsepti mavjud bo‘lsada, O‘zbekistonda palov tayyorlash o‘zgachadir. O‘zbekistonning har bir mintaqasi o‘zining yagona palov tayyorlash retseptiga egadir. Ammo O‘zbekistonda palov taomining paydo bo‘lish tarixini ko‘pchilik bilmasa kerak. Palov, osh so‘zining kelib chiqishi haqida Ibn Sino nomi bilan bogliq qadimiy afsona mavjud. Aslida palov osh so‘zi ichiga solinadigan masalliqlarning bosh harflaridan tuzilgan qisqartmadir: P- Piyoz, A-ayoz-sabzi, L-laxm-go‘sht, O-olio-yog’, V-vet-tuz