08/05/2024
Di Largo restorani jamoasi sizlarni 9 may — Xotira va qadrlash kuni hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 79 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida, farzandlarining xotirjamligi uchun jon olib jon bergan ajdodlarimiz xotirasi abadiy. Hozirda biz bilan hamnafas keksalar, urush va mehnat faxriylariga bugungi va kelajak avlod nomidan ko‘rsatgan jasoratlari uchun hurmat bajo keltirib, o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.